Hindiston shimolida mikroavtobusning daraga qulashi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, 16 kishi jabrlandi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, Hindustan Times gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
YTH 14-sentabr, juma kuni tongda Jammu va Kashmir shtatining Kishtvar okrugida yuz berdi. Politsiya talqiniga ko‘ra, mikroavtobusning haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, jiddiy jarohat olgan yetti nafar yo‘lovchi shifoxonaga jo‘natilgan.