Kunduzgi uyquni xush ko‘ruvchi odamlar Alsgeymer kasalligiga ko‘proq moyil bo‘lishi ma‘lum bo‘ldi. Bu haqda EurekAlert xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

AQShdagi Vashington universiteti shifokorlari ana shunday xulosaga keldi.

Shifokorlar o‘tkazgan tadqiqotda 189 kishi ishtirok etdi. Ularning o‘rtacha yoshi 66 yoshda edi.

Olimlar ikki hafta davomida ko‘ngillilarning biologik faolligini kuzatdi. Bundan tashqari, miya MRT tasvirlari olindi.

Natijada miya faoliyati buzilib, kechasi uxlay olmay, kunduzi uyqusirab yuradigan odamlar mazkur kasallikka chalinishga moyil bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.