Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev USM Holdings asoschisi, milliarder Alisher Usmonovni 65 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabrikladi. U biznesmenning tashkiliy qobiliyati va boy tajribasi uzoq yillar davomida Rossiya biznesi boshida turish imkonini berishini ta’kidlab o‘tdi, deb xabar beradi Sputnik.
“Favqulodda tashkiliy qobiliyat, boy tajriba va manfaatlar kengligi sizga uzoq yillar davomida Rossiya biznesi boshida turish imkonini beradi. Siz yirik xoldingni muvaffaqiyat bilan boshqarasiz, u esa iqtisodiyotimiz rivojida muhim rol o‘ynaydi. Mintaqalarda yangi ish o‘rinlari yaratasiz, ijtimoiy loyihalar amalga oshirasiz”, — deyiladi tabrikda.
Medvedev xayriya tadbirkor faoliyatining uzviy qismiga aylanganini qayd qilib o‘tdi.
“Buning bari alohida hurmat va minnatdorlikka loyiqdir”, — dedi Rossiya hukumati rahbari.
Izoh (0)