Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti hamda Chirchiq shahar mudofaa ishlari bo‘limi hamkorligida “Hech kim e’tibordan chetda qolmasin!” shiori ostida xayriya tadbirlari tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, bir guruh harbiy xizmatchilar ishtirokida Chirchiq shahrida joylashgan 14-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurildi. Mehr va e’tiborga muhtoj tarbiyalanuvchilar harbiy xizmatchilarning tashrifidan benihoya shod bo‘ldi. Ayniqsa, shunday maskanlarda tarbiyalanib, voyaga yetgan va mehribonlik uyiga harbiy libosda kirib kelgan kursant Azizjon Umarovning ishtiroki o‘g‘il va qizlarni g‘ururlantirdi.
Tadbir so‘ngida harbiylar tomonidan bolalarga maktab uchun o‘quv qurollari va sovg‘alar ulashildi.
Shu kuni xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar leytenant Muslim Xalilov hamda kichik serjantlar Janibek Saidazimov va Boris Xodjanovning yaqin qarindoshlari holidan ham xabar olindi.
Izoh (0)