Bugun, 28-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta shahrida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida ilk bor o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha ham bahslar bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, +90 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Muhsin Hisomiddinov finalda eronlik Jafar Pahlavoniyjagarahga qarshi gilamga chiqdi. Muhsin raqibidan ustun kelib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Shu tariqa O‘zbekiston hisobidagi oltin medallar soni 8 taga yetdi.
Avvalroq -66 kg vaznda O‘zbekiston nomidan qatnashgan ikki kurashchi — Ma’ruf G‘aybullayev va Ruslan Bo‘riyevlar finalda o‘zaro bellashgani va Ma’rufning oltin, Ruslanning esa kumush medalga ega chiqqani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)