LG Electronics (LG) Berlindagi IFA 2018 koʻrgazmasida X-BOOM audioqurilmalar kengaytirilgan qatorini taqdim etadi, unda mini-tizimlar va “hammasi bittada” audiotizimlaridan tashqari, portativ X-BOOM Go Bluetooth-kolonkasi va XBOOM AI ThinQ “aqlli” kolonkasi boʻladi. X-BOOM nomi har doim bayramona muhitda kuchli tovush bilan bogʻliq boʻlgan boʻlib, bu brendga mini-tizimlar va “hammasi bittada” audio tizimlari toifalarida jahon bozorining 35 foiziga ega boʻlishiga yordam berdi.
LG oʻzining 60 yillik yubileyida audioqurilmalar sohasidagi oʻz strategiyasini faol ravishda rivojlantirmoqda, shuningdek, tovush sifatiga eʻtibor qaratib, tadqiqot va ishlanmalarga sarmoya kiritmoqda. Strategiyaning bir misoliga texnologiyasi LG X-BOOM qatori mahsulotlariga kiritilgan Meridian Audio bilan hamkorlik aylandi. Innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishda birinchilardan boʻlgan Meridian Master Quality Authenticated (MQA) inqilobiy audio texnologiyasini rivojlantirish va tatbiq etishda muhim rol oʻynadi, shuningdek, Land Rover, McLaren va Jaguar kabi premium avtomobillar uchun eksklyuziv audio brend boʻlgan.
X-BOOM (CK99 modeli) mini-tizimi va “hammasi bittada” musiqa audiotizimi (OK99 modeli) oʻzining shovqinli bazm muhitini yaratuvchi 1800dan 5000gacha vatt tovush kuchi tufayli isteʻmolchilar orasida juda mashhur. Pro DJ gʻildirakchasi bilan har bir odam miksherlash va skretching kreativ funksiyalari hamda qiziqarli nur effektlari sababli oʻzini didjyey kabi his qilishi mumkin. Karaokeni sevadiganlar deyarli har bir qoʻshiqda vokalni olib tashlab, Voice Canceller va Key Changer funksiyalari yordamida tonallikni sozlashlari mumkin, Grab & Move dastalari va gʻildirakchalari LG OK99 ga “portativ audiotizim” tushunchasiga yangi ma’no beradi.
X-BOOM Go (PK3/PK5/PK7 modellari) qatorga kiritilishi bilan, koʻproq musiqa ixlosmandlari LG’ning audioapparaturani yaratishdagi mahoratini baholashlari mumkin boʻladi. X-BOOM Go qudratli tovush va bayramona xursandchilikni yaratishda brendning tajribasiga yuzlanadi, foydalanuvchilarga sifat va qulaylikni taqdim etadi. Meridian zamonaviy audiotexnologiyasi tufayli X-BOOM Go kolonkalari toza yuqori chastotalar va kuchaygan baslarni taʻminlaydi, shuningdek, kichik oʻlchamli boʻlishiga qaramasdan, toza, yuqori tovush beradi.
X-BOOM Go — bu Qualcomm’dan aptX™ HD qoʻllab-quvvatloviga ega birinchi simsiz kolonkalar, bunda yuqori kenglikdagi 24bit/576kbit/s audio oqimi yoʻqotishlarsiz yangraydi, ular Bluetooth orqali tovush sifati yomonlashishini yoqtirmaydigan audiofillar talabiga mos tushadi. LG oʻzining G5 modeli smartfoni komplektatsiyasiga aptX HD’ni birinchi boʻlib kiritdi, hamda bu ilgʻor texnologiya hozirgi paytda ham LG G7 ThinQ’da ishlatiladi. X-BOOM Go modellari rang yorugʻlik funksiyaga ega va maksimal portativlik hamda barqarorlik uchun Grab-N-Go va X-grip dastalari bilan jihozlangan. Batareya ishlash muddatining uzoqligi va atrof-muhit ta’siriga chidamlilik X-BOOM Go kolonkalarini xonadan tashqarida foydalanish uchun ajoyib yechimga aylantiradi.
LG X-BOOM AI ThinQ kolonkalar qatori WK7 va WK9 modellarini oʻz ichiga oladi hamda Google Assistant yordamida ovozli boshqaruv funksiyasini amalga oshiradi. LG X-BOOM AI ThinQ’da boshqa sun’iy idrokka ega kolonkalardan farqli oʻlaroq, tovush sifati - birinchi oʻrinda. LG va Meridian hamkorligi audiotexnika sohasida yuqori sifatli tovushlarni yaratib, vokal va baslarning aniq eshitilishini ta’minlab, kompaniyalarning toʻliq salohiyatini ochib beradi. LG XBOOM AI ThinQ’da High Resolution Audio yoʻqotishlarsiz tovush audioni studiyada yozilganidek chiqaradi. LG va Google hamkorligi tufayli Google Assistant shaxsiy yordamchisi mahsulotga xuddi uy stansiyasiga boʻlgani kabi integratsiya qilingan, bu WK7 va WK9 modellariga “aqlli uy”ning Google Assistant bilan mos qurilmalarini, shuningdek, LG ThinQ bilan uygʻun LG elektr uskunalarini boshqarish imkonini beradi. Yil yakunida hozirda muhim bozorlarda sotuvga chiqarilayotgan X-BOOM AI ThinQ WK7 kolonkalariga foydalanishda katta interfaollikni ta’minlash uchun moʻljallangan 8-dyuymli Smart Display displeyi jihozlangan WK9 modeli qoʻshiladi.
“X-BOOM qatorini simsiz va ʻaqlli’ kolonkalar bilan kengaytirib, LG yangi imkoniyatlarni ochmoqda, bunda X-BOOM bizning uy audiosi boʻyicha barcha yoʻnalishlarimiz tepasida turadi, — deya ma’lum qildi LG Home Entertainment Company audio/video konvergent boʻlinmasi rahbari So Yung-chje (Seo Young-jae). — Meridian kompaniyasi bilan audiotexnologiyalar sohasidagi hamkor sifatida biz Yevropada X-BOOM dunyoning boshqa mintaqalarida boʻlgani kabi muvaffaqiyatli boʻlishiga ishonamiz”.
IFA 2018 koʻrgazmasidagi LG stendiga tashrif buyuruvchilar 18-zalda 18-uyda LG X-BOOM mahsuloti va uyda foydalanish uchun boshqa innovatsion multimediya mahsulotlarini oʻz koʻzlari bilan koʻrishlari mumkin.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)