Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan respublika bojxona chegaralari orqali naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib o‘tilishi aniqlandi. Bu haqda bojxona qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: Spot

Foto: Spot

“Oybek” chegara bojxona postida piyoda ravishda chiqib ketayotgan qo‘shni davlat fuqarosi N.R. yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilingan 5 ming AQSh dollaridan tashqari yana bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan 5 ming AQSh dollarini yashirincha olib o‘tayotgan paytda to‘xtatib qolindi.

“G‘ishtko‘prik” chegara-bojxona postida respublikadan chiqib ketayotgan qo‘shni davlat fuqarosi Z.X.ning bezovtalanishi bojxonachilarda shubha uyg‘otdi.

Shundan so‘ng, ushbu ayol xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, u ichki kiyimlariga yashirgan holda 5736 AQSh dollarini olib chiqmoqchi bo‘lgan vaqtda to‘xtatib qolindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 5 000 AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatgan holda erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi.

Chet el fuqarolari esa O‘zbekistonga kirish chog‘ida olib kirgan miqdordagi naqd xorijiy valyutani erkin olib chiqib ketishlari mumkin.

Belgilangan summadan ortiqcha naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish uchun Markaziy bankning hududiy boshqarmalari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar talab etiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi