Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda soat 21:00 dan keyin spirtli ichimlik sotishni taqiqlashga oid bildirilayotgan amaliy takliflar keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlanmoqda, deya xabar bermoqda O‘zA.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 11-avgust kuni bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida chakana savdoda 21:00 dan boshlab, tantanali marosimlar o‘tkaziladigan muassasalarda esa 23:00 dan boshlab spirtli ichimliklar savdosini cheklash haqida ko‘rsatma bergani ma’lum bo‘lgan edi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i Ergash Daminovning aytishicha, “alkogol sotishni cheklash, uni muayyan vaqt chegarasida tizimga solish tashabbusi ko‘pgina ko‘ngilsizliklarning oldini olishi shubhasiz”.

“Masalaning ikkinchi tomoni — kechki payt oila davrasida kattalar farzandlari ko‘z o‘ngida qadah urishtirib o‘tirishi bola tarbiyasiga ham, ma’naviyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi muqarrar. Uning o‘rniga ota bolalariga qiziqarli kitob o‘qib bersa yoki biror hikmatli voqeani so‘zlasa, bolaning fe’li-atvori, tarbiyasiga nechog‘li ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Biz — qalbida iymoni sobit xalqmiz. Shu ma’noda o‘zimizni, farzandlarimizni, ularning kelajagini turli illatlardan omon saqlash har bir ota-onaning burchidir”, — deydi Daminov.

Toshkentning Shayxontohur tumanidagi “tungi kafelar va diskoteka klublari faoliyatiga barham berilgan” “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Manzura Valiyevaning so‘zlariga ko‘ra, “ichkilikdan hali hech kim baraka topmagan”.

“Kechki payt spirtli ichimliklar bilan savdo qilmaslikka oid tashabbusni barcha to‘la qo‘llab-quvvatlaydi. Zero, bu tashabbus oilalar buzilishining oldini olishda, huquqbuzarliklar profilaktikasini yanada kuchaytirishda, fuqarolarning o‘z yurti, oilasi, farzandlari uchun mas’uliyatini oshirishda, yoshlar tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda g‘oyat muhim qadam bo‘ladi. Jamoatchilik sa’y-harakati bilan mahalla hududiga yaqin joylardagi tungi kafelar, diskoteka klublari ishiga barham berdik. Alkogol savdosi vaqtini tartibga solishga oid ijobiy taklif-tashabbus oilalar, yoshlar, qo‘yingki, uni iste’mol qiladiganlar uchun ham, eng muhimi, jamiyat va kelajak uchun faqat va faqat naf keltiradi”, — deydi mahalla raisi.

O‘zAning yozishicha, “spirtli ichimlik savdosini kechki payt taqiqlashga oid tashabbus keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda”. Agentlikning qayd etishicha, bu “farzandlar tarbiyasi, oilalar totuvligi, jamiyatdagi o‘zaro ahil va hamjihatlik muhitining barqarorligi bilan chambarchas bog‘liqdir”.

Ma’lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-avgust kuni vinochilik sohasini rivojlantirish, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport qilishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilgan edi. Unda Prezident aroq ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi yarim yilda 71 foizni, vino – 57 foizni, spirt – 76 foizni, shampan vinosi – 7 foizni tashkil etganini tanqid qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi