Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Tailandda gastronomik turizm rivoj topgan eng mashhur joylardan biri Michelin yulduziga sazovor bo‘lgan — Jai Fai ko‘cha tamaddixonasidir. Uning egasi va bosh oshpazi bo‘lgan 70 yoshli Supinya Junsutani shunchaki Jey Fay deb chaqirishadi. U katta yoshda bo‘lishiga qaramay, kuniga 11 soatdan ortiq plita oldida turib mijozlar buyurtmalari uchun xizmat ko‘rsatadi, deb yozadi TJournal.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Jey xonim ish davomida yog‘ sachrashiga himoya uchun ko‘zoynak taqib oladi va uni yechmaydi. Tamaddixona menyusidan Tailand oshxonasining an’anaviy taomlari — lapshali qisqichbaqalar yoki qisqichbaqali omlet o‘rin olgan.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Mahalliy OAV vakillari va bir qancha blogerlar xonimni “Tailand ko‘cha oshxonalari qirolichasi” deb nomlamoqda. Va uning shon-shuxratidan foydalanib, masalan, oshxonalar tarmog‘i ochishni yoki tamaddixonasini boshqa nufuzliroq joyga ko‘chirib o‘tkazishni istamasligidan hayratda qolishmoqda.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Oshxonaning Michelin(eng nufuzli restoranlarga beriladigan maqom) yulduziga ega bo‘lishi uni yanada mashhur qilib yubordi. Hatto stol buyurtma qilib qo‘yilishi ham sizga tezkor xizmat ko‘rsatishni kafolatlamasligi mumkin. Sababi mijozlar juda ko‘p. Ba’zan odamlar navbatda 2, 3 soatlab qolib ketadi.

Shu boisdan Jey xonim agarda ilojisi bo‘lsa, Michelin yulduzini qaytarib berishga tayyor. Sababi xonim sayyohlarning tamaddixonada ovqatlanish uchun emas, balki uni ko‘rish va suratga tushish uchun kelishidan aziyat chekadi. Bundan tashqari oshxonada ish juda ko‘payib ketganidan, uning qizi ishidan bo‘shab, onasiga yordam beradi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi