Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Janob Bin roli bilan mashhur bo‘lgan aktyor Rouen Atkinson paranji kiygan ayollarni pochta qutilariga o‘xshatgan Buyuk Britaniya sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonning hazilini ma’qulladi, deb yozadi Meduza. Qiziqchi Jonson kechirim so‘rashi kerak emasligini aytdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Boris Jonsonning hazili juda yaxshi chiqdi, deb o‘ylayman, faqat yomon hazillar uchungina kechirim so‘rash kerak”, — dedi Atkinson. Uning ta’kidlashicha, diniy mavzudagi hazillar doimo xafagarchiliklarga sabab bo‘ladi.

Boris Jonson paranji yopingan ayollar haqida The Telegraph gazetasida chiqqan kolonkasida hazil qilgan edi. Kolonka Daniyada jamoatchilik joylarida paranji taqishni taqiqlash to‘g‘risida qabul qilingan qonunga bag‘ishlangan edi.

Sobiq vazir paranji unga yoqmasa ham, uni taqiqlashga qarshi chiqishini yozdi. Shunga qaramay, Jonsonni islomofobiyada ayblab, uzr so‘rashni talab qilishdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi