Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Meksikadagi Shimoliy Quyi Kaliforniya shtatining Mexikali shahri hududida jazirama tufayli 70 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.

Foto: “Mexiconewsdaily.com”

Foto: “Mexiconewsdaily.com”

Milenio gazetasi sud-tibbiy ekspertiza xizmatiga tayanib ma’lum qilishicha, 1 dan 31-iyulgacha yuqori havo harorati tufayli 25—60 yoshdagi 73 kishi vafot etgan, shularning olti nafarini issiq urgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xizmati vakili so‘zlariga ko‘ra, qurbonlarning ko‘pchiligi giyohvandlik tufayli yuzaga kelgan yurak-tomir tizimi, buyrak yoki o‘pka kasalliklaridan azob chekkan.

O‘tgan hafta oxirida Meksikaning ko‘pchilik hududlarida jazirama tufayli favqulodda vaziyat rejimi joriy qilingan edi. Bu qaror shtatlar hukumatlariga fuqarolarga ko‘mak ko‘rsatish uchun maxsus jamg‘arma mablag‘larini qo‘lga kiritish imkonini berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi