Rossiya banki “Senimi, shoshmay tur!” (“Nu, pogodi!”) multfilmining birinchi qismi chiqqaniga 50 yil to‘lishi munosabati bilan esdalik tanga chiqardi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Tangalar ikki xil qiymatda chiqqan — kumushdan yasalgan uch rubllik va qimmat bo‘lmagan metalldan rangli surat bilan yasalgan 25 rubllik.
Rossiya Markaziy banki bunga qadar multiplikatsion seriyada Vinni Pux va Uch bahodirning tangalarini chiqargan.
Izoh (0)