Apple kompaniyasi choraklik moliyaviy hisobotni taqdim etdi. Hisobot tahlilchilarning prognozlaridan yaxshiroq natija ko‘rsatdi, deb yozadi Meduza.
Kompaniya daromadi chorak davomida 17 foizga — 53,27 milliard dollargacha o‘sgan. Bu tahlilchilar kutganidan deyarli 1 milliard dollarga ortiq. Sof daromad esa 11,52 milliard dollarni tashkil etdi (32 foiz o‘sish, bu ham kutilgandan yaxshi).
Apple telefonlarining sotuv hajmi hisobot davrida atigi 1 foizga oshgan. Apple dunyo bo‘yicha sotilgan telefonlar soni bo‘yicha Samsung va Huawei’dan keyin uchinchi o‘rindan joy olgan. Bunda iPhone’ning o‘rtacha narxi bir yil avvalgi 606 dollardan 724 dollargacha oshgan.
Izoh (0)