Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistondagi ilk pulli yo‘llarni qurishni Germaniyaning GP Günter Papenburg kompaniyasiga topshirishmoqchi, deb yozadi Spot “2018—2019-yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning amalga oshirilishini tezlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga tayanib.

Buyuk Britaniyadagi pulli yo‘l. Foto: Wikimedia

Buyuk Britaniyadagi pulli yo‘l. Foto: Wikimedia

Papenburg allaqachon mamlakatga kirib kelgan — uning ishtirokida asfalt qorishtiruvchi qurilmalar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi tashkil qilinmoqda.

Bundan tashqari, kompaniyani “Teltomat” asfalt qorishtirish zavodlarini ta’mirlashga, davlat-xususiy sheriklik tamoyilida avtoyo‘llarni ta’mirlash va qurishga jalb qilishmoqchi.

Papenburg ushbu loyihalarning barchasida ishtirok etishga tayyor va allaqachon O‘zbekistonda zavodlarni modernizatsiya qilish dasturini ishlab chiqqan va o‘zbekistonlik mutaxassislarni Germaniyada o‘qitishga rozilik bergan.

Pulli yo‘llarga kelsak, ular hozirgi xalqaro trassalarning alternativasi bo‘ladi. Kompaniyaga tunnellar qurilishini ham topshirishmoqchi. Bularning barchasiga 500 million dollar chet el investitsiyalarini jalb qilish ko‘zda tutilgan. Loyihaviy quvvati va aniq muddatlar aniqlanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi