Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyat hokimligi voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasi, Ichki ishlar boshqarmasi va qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda “Yoshlar tarbiyasi­ — porloq kelajak mevasi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida 536 nafar voyaga yetmaganlar turli ko‘rinishdagi jinoyat va huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun profilaktik hisobga olingan. Ularni to‘g‘ri yo‘lga, sog‘lom muhitga qaytarish maqsadida muntazam ravishda profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Joriy yilning 24—26-iyul kunlari Ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlar, kam ta’minlangan hamda notinch oilalarning 360 nafar farzandlari uchun Samarqand shahrining tarixiy obidalari, tabarruk qadamjolari, muzey va madaniyat maskanlari bo‘ylab sayohat uyushtirildi.

Viloyat “Barkamol avlod” markazida “Mening oilam”, “Kim bo‘lsam ekan!”, “Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz!” kabi mavzulardagi rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlov bolalarning aqliy va ruhiy qobiliyatini, ular onggida kechayotgan ruhiy jarayonlarni aniqlashda muhim o‘rin tutdi. Har bir bolaning chizgan rasmi, hatti-harakati malakali ruhshunoslar tomonidan kuzatib borildi, yakunda ikki nafar bolada ruhiy o‘zgarish, ya’ni suitsidga moyillik borligi aniqlandi va zudlik bilan mutaxassislar tomonidan ularning oilaviy ahvoli o‘rganilib, zarur choralar ko‘rildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Tadbirlar yakunida namunali xulqi, odobi bilan boshqalardan ajralib turgan, turli tanlovlarda faol ishtirok etgan 93 nafar o‘quvchilarga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi. Faxriy yorliq sohibi bo‘lgan bolalar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida ichki ishlar organlaridan profilaktik hisobdan chiqarildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov