Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ostonada “MDH go‘zali—2018” tanlovi yakuniga yetdi, deb xabar beradi Sputnik.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Unda Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Rossiya, Tojikiston, Ukraina va O‘zbekistondan 19 nafar qizlar ishtirok etdi.

Gruziya, Latviya va Ukraina rasman MDH a’zolari bo‘lmasa-da, ushbu mamlakat vakillari konkursga maxsus ishtirokchilar sifatida taklif etilgan.

Qozog‘iston poytaxtida MDHning eng sohibjamol qizini tanlashdi: tanlov g‘olibi Ukrainalik Tatyana Akulenko bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rinda (vitse-miss) qozog‘istonlik Asem Yesengeldiyeva, ikkinchi vitse-miss — armanistonlik Romella Tamaryan, uchinchi vitse-miss esa – rossiyalik Viktoriya Volgina bo‘ldi.

O‘zbekiston vakili Darya Masalskaya eng go‘zal beshlikka kirdi va alohida ta’sisi etilgan “MDH go‘zali Instagram” unvoniga sazovor bo‘ldi.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Darya Masalskaya biroz oldin jurnalistlarga konkurs juda do‘stona muhitda o‘tayotganini va ushbu tanlov unga o‘z imkoniyatlarini kengaytirishga yordam berishini xabar qilgan edi.

“Bizni mazali taomlar bilan siylashmoqda, biz ajoyib mehmonxonada yashaymiz. Tanlov juda yaxshi tashkil qilingani sababli, ishtirokchilar orasida hech qanday mojaro yo‘q. Qizlar bir-biriga xolis va ijobiy munosabat namoyish etishmoqda”, — degan edi Darya.

Tanlov g‘olibi Tatyana Akulenkoga oltin suvi yuritilgan va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan maxsus toj hamda Yevropa bo‘ylab bir haftalik sayohat sovg‘a qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar