Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Adliya vazirligi tomonidan har haftaning juma kunlari tashkillashtirib kelinayotgan hafta davomida qabul qilingan qonun hujjatlari haqidagi an’anaviy “Adliya axboroti” brifingi bu safar kino mavzusiga bag‘ishlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Brifingdan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida kuni kecha qabul qilingan “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori muhokama qilindi. Jurnalistlarning savollariga “O‘zbekkino” milliy agentiligi raisi Furqat Zokirov, Kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Oybek Abdushukurov hamda “Respublika kinoprokat markazi” DUK direktori Ma’rufjon Muxtorov javob berdi.

Ma’lum qilinishicha, endilikda barcha kinoteatrlarda mahalliy kinofilmlarni majburiy ravishda namoyish qilish kvotasi o‘rnatiladi. 2019-yil 1-yanvardan boshlab sutkada kamida ikkita to‘liq metrajli film, 2021-yil 1-yanvardan esa oylik ekran vaqtining kamida 25 foizi, bayram kunlari 40 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda milliy filmlar kinoteatrlarda namoyish etilishi lozim.

Shuningdek, kinoteatrlar ekranlariga chiqishdan avval har bir film maxsus ko‘rikdan o‘tishi va guvohnoma olishi kerak. Guvohnomasiz filmlar namoyish etilmaydi.

Furqat Zokirovning ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘lgan umumiy qiymati 160 million dollarga teng “Uch shahar”, “101” va “Qahramonlar” loyihalari investorlarning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yonib ketgan “Appolon-1” ekipaji, Braziliyada 242 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan tungi klubdagi yong‘in va Moskvada o‘tkazilgan Leninning dafn marosimi. Kun x...
Mahalliy
Tashkent Index’dagi talabalar majburan chiqarib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi — vazirlik
Mahalliy
Farg‘onadan Qirg‘izistonga mikroavtobus qatnovi tiklandi