Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2018-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston tomonidan eksport qilingan mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Unga ko‘ra, eng ko‘p eksport qilingan mahsulotlar orasida birinchi o‘rinda tabiiy gaz bo‘lib, yil boshidan buyon mahsulotning eksport qiymati 1 milliard 139 million 948,1 ming dollarni tashkil qildi. Keyingi o‘rinlarda meva-sabzavotlar (463 million 198,1 ming dollar) va ip-paxta mahsulotlari (381 million 039 ming dollar) joylashgan.

Paxta tolasining eksport hajmi esa 166 million dollar biroz ko‘proq qiymatni tashkil qilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar eksport hajmi bo‘yicha mamlakatdagi mahsulotlar ichida bor-yo‘g‘i 15-o‘rinda qayd qilingan — 22 million 164,2 ming dollar.

Olti oy davomida eksportning umumiy hajmi 7 793 421,1 ming dollarni tashkil etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar