Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov “Yoshlar” telekanalining “Davr” axborot dasturi muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda o‘quv yilining boshlanishi va maktab formasi masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Uz24 xabar berdi.
“Maktab vaqtliroq boshlanadi degan mish-mishlar o‘rinsiz. Avval qaysi vaqtda boshlangan bo‘lsa o‘zgarishsiz qoladi. Maktab formasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, forma masalasi avvalroq, ya’ni biz kelmasimizdan oldin boshlangan. Maktab formasi ikkita maktabda sinov tariqasida turli xil varianlari o‘rganib, muhokama qilingan. Hozirda bu bo‘yicha loyiha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. Yaqin kunlarda natijasi chiqishi kerak”, – dedi vazir.
Izoh (0)