“AvtoVAZ” yangilangan Lada Granta oilasining birinchi modeli — Lada Granta sedanini taqdim qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Avvalroq, “AvtoVAZ”ning Lada Kalina modelini ishlab chiqarishni to‘xtatib, yangilangan Granta avtomobillarini chiqarishni yo‘lga qo‘yishi ma’lum qilingan.
Yangi Lada Granta sedanining old kuzovi o‘zgargan. Shuningdek, LADA logotipi kattalashtirilgan.
2017-yili Lada Granta eng ko‘p sotiladigan avtomobillar ichida ikkinchi o‘rinni egallagan. Yevropa biznesi assotsiatsiyasi ma’lumotlariga qaraganda, 2017-yili 93 686 ta Granta sotilgan. Bu mamlakatda sotilgan Lada’larning 30 foizini tashkil qilgan.
Lada Granta 2018-yil avgust oyida Moskva xalqaro avtosalonida namoyish etiladi.
Izoh (0)