FIFA Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Jahon Chempionatining ramziy terma jamoasini e’lon qildi.

Foto: FIFA

Qizig‘i ramziy terma jamoadan chorak finalga qadar yetib borgan mezbon Rossiya terma jamoasining birorta o‘yinchisi o‘rin olmagan. JCh—2018 g‘olibi Fransiya termasidan 4, finalchi Xorvatiyadan esa 2 nafar o‘yinchi ramziy termaga kiritilgan.

FIFAning JCh—2018 ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Ugo Lyoris — Fransiya.

Himoyachilar: Rafael Varan—Fransiya, Deyan Lovren — Xorvatiya, Kiran Trippyer, Eshli Yang — ikkalasi Angliya.

Yarim himoyachilar: Paulinyo — Braziliya, Luka Modrich — Xorvatiya, Eden Azar — Belgiya.

Hujumchilar: Antuan Grizmann, Kilian Mbappe — ikkalasi Fransiya, Neymar — Braziliya.