Xitoylik qiz Syan Xongyanning hayotdagi shiori “Bo‘sh kelma” bo‘lgan. Qizning murakkab taqdiri ko‘plab imkoniyati cheklangan kishilar uchun ilhom manbasi bo‘lib xizmat qilgan. Qiz oyoqlaridan ajralgan bo‘lsa ham, bu unga sportda yuksak natijalarga erishishga halaqit bermagan, deb hikoya qiladi AdMe.
Syan Xit0yoning Yunnan provinsiyasida tug‘ilgan. U to‘rt yoshida dahshatli YTHga uchraydi, natijada ikki oyog‘idan ham ajraladi. Qizning oilasi juda nochor ahvolda yashagan, shuning uchun protez sotib olish haqida orzu ham qila olmagan.
Dastlab qizning ota-onasi uni ko‘tarib yurgan, biroq murakkab vaziyatning yechimini Syanning bobosi topgan. U qarindoshlarinikiga borgan vaqtda hovlida basketbol to‘pini ko‘rib qolgan. To‘pni olish uchun ruxsat so‘rab, uni kesgan va ustiga nevarasini o‘tqizgan hamda qo‘liga qurilishda ishlatishga mo‘ljallangan ish qurolini bergan.
Syanning bu “protez”dagi surati Xitoy OAVlarida ommalashib ketgan. Jurnalistlar qizni “basketbol to‘pidagi qiz” deb atagan. Qizning maktabigacha yetti daqiqada piyoda yetib olish mumkin bo‘lgan, biroq Syan u yerga yetib borish uchun bir soat sarflagan, biroq uning irodasi mustahkamlangan. Besh yil ichida Syan sakkizta basketbol to‘pini ishlatgan.
2007-yilda hukumatning ko‘magi bilan qiz protez oldi. Qizning protezdagi birinchi qadamlarini ko‘plab mahalliy OAVlar yoritgan. 2008-yilda Syan Xitoyda bo‘lib o‘tgan Paraolimpiada o‘yinlarini diqqat bilan kuzatgan. O‘shanda Syanni suzish bilan shug‘ullanish va ana shu xalqaro musobaqalarda ishtirok etiish ishtiyoqi yondirgan.
Syan 2012-yilda Londonda bo‘lib o‘tgan Paraolimpiyada o‘yinlariga yo‘llanma ola olmagan, biroq u suzishdan voz kechmagan va mashg‘ulotlarni davom ettirgan. 2013-yilning sentabr oyida qiz yangi protez olgan.
U har kuni taxminan 10 kilometr suzgan. Syan mahalliy va milliy darajadagi turli musobaqalarda qatnashgan, biroq biror marta medalni qo‘lga kiritmagan. 2016-yilda Syan Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Paraolimpiada o‘yinlariga taklif qilingan.
Musobaqada u sovrinli o‘rinni qo‘lga kirita olmagan bo‘lsa ham, eng yaxshi o‘ntalikdan joy olgan. Syan 2020-yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paraolimpiada o‘yinlarida ishtirok etish umidini yo‘qotmadi. U hozir 21 yoshda va mashg‘ulotlarini hamda keyingi xalqaro musobaqaga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Izoh (0)