Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2019-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekistonga olib kiriladigan elektromobillarga nisbatan 0 (nol) qiymatdagi bojxona to‘lovi joriy qilinadi, deb yozmoqda Spot.

Foto: Moscowteslaclub.ru

Foto: Moscowteslaclub.ru

Mazkur qoida faqatgina elektr dvigatelli avtomobillarga nisbatan amal qiladi.

Yangi stavkalar 2019-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi. 2018-yilgi bojxona stavkalariga elektromobillar kodi kiritilmagan.

Elektromobilni bojxonadan o‘tkazish uchun texnik pasport, oldi-sotdi shartnomasi va sertifikat talab qilinadi. Bojxona yig‘imi to‘lovi va tovar narxiga qo‘shilgan qiymat uchun soliq to‘lash majburiy sanaladi.

Avtomobilning bojxona narxi oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan qiymatga ko‘ra yoki narxlarning xalqaro katalogiga asosan belgilanadi. Tovar narxiga qo‘shilgan qiymat uchun soliq stavkasini avvaliga 12 foiz miqdorida belgilashga kelishilgan edi, biroq stavka 20 foiz deb belgilandi. Ushbu soliq avtomobilning tannarxi, bojxona to‘lovi va aksiz solig‘idan kelib chiqib belgilanadi.

Bundan tashqari, elektromobillar uchun aksiz solig‘i to‘lanmaydi.

Misol uchun, Tesla Model X 100D elektromobilning tannarxi — 230 ming AQSh dollari. Uni bojxonadan o‘tkazish 48 000—49 000 dollarga teng bo‘ladi. Bu — tovar narxining 21—23 foizi deganidir.

Yuqoridagi qoidalar elektromobilning ishlab chiqarish yili yoki narxidan qat’iy nazar amal qiladi. Ehtimol, foydalanilgan elektromobillar uchun keyinchalik alohida qoidalar ishlab chiqilishi mumkin, lekin hozirda har qanday elektromobil uchun bojxona to‘lovlari tovar narxining 21-23 foiziga teng bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlar uchun yordam qabul qilinmoqda
Shou-biznes
Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)
Dunyo
“Stalindan keyingi ikkinchi odam” — Malenkovning hokimiyatdan chetlatilishi, boshi tanasidan judo etilgan Shotlandiya qirolichasi va Kanadada to‘qnashgan ikki poye...