7-iyul kuni soat taxminan 16:00 da Toshkent shahridagi “Anhor-Lokomotiv” bog‘i orqasidagi 21-GES suv o‘tkazish moslamasidan erkak kishining jasadi topildi. Bu haqda UzNews xabar berdi.
Moslama ushlab qolgan noma’lum shaxs jasadi o‘rganilmoqda.
Jasad Yevropa millatiga mansub, yoshi taxminan 35-45 yoshlarda bo‘lib, ko‘rinadigan qismida tan jarohati bo‘lmagan.
Topilgan jasad haqida dastavval 21-GES xodimlari xabar topgan hamda ichki ishlar xodimlariga ma’lum qilgan.
Izoh (0)