Virjiniya shtatida istiqomat qiluvchi Nikolas Andervud va Xizer Yandzyak orzusini amalga oshirish — ochiq yo‘lda iti bilan yashash uchun maktab avtobusini quyosh batareyali uyga aylantirish uchun 40 ming dollar sarfladi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda, deb yozadi ForumDaily.
Er-xotin sivilizatsiyadan uzoqroqda yashashni orzu qilardi. Orzusini amalga oshirish uchun 1998-yilda ishlab chiqarilgan Thomas Vista 3600 avtobusini uyga aylantirdi. Buning uchun ular bir yil va 40 ming dollar mablag‘ sarfladi hamda o‘zlari yaratgan uyga Visaribus deb nom berdi.
Quyosh batareyalarini qo‘llash juftlikni energiya iste’molini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Ular kam quvvatli yorug‘lik diodlari va generatordan ishlovchi sovutkich o‘rnatdi. Shuningdek, ko‘p energiya sarflovchi konditsioner o‘rniga kichikroq ventilyatordan foydalanishga qaror qildi.
Er-xotin aprel oyida Denverdan sayohatga chiqdi va allaqachon Nyu-Meksiko, Arizona shtati, Yuta va Aydaxoda bo‘lishga ulgurdi. Buning uchun ular 8 851 kilometr masofani bosib o‘tdi.
Ular Vashington, Oregon va Kaliforniyaga ham borishga umid qilmoqda.
Izoh (0)