Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida 18—27-iyul kunlari “Miss MDH—2018” go‘zallik tanlovi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun Armanistonda aktrisa va model Romella Tamaryan tanlandi. Bu haqda Newsarmenia xabar berdi.
Romella 22 yoshda, u Yerevan teatr va kino insitutida tahsil olgan. U raqsga qiziqadi. Ostonadagi tanlovda saralash bosqichlaridan o‘tgan, 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan jami 25 nafar qiz ishtirok etgan.
Tashkilotchilarning aytishicha, tanlov mamlakatlarning moda sanoati sohasida hamkorlik qilishiga yo‘l ochadi.