Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi oltinchi xatboshisiga o‘zgartirish Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilishda nomzodlarning bo‘yi 165 santimetrdan (qiz bolalar uchun 160 santimetr) past bo‘lmasligi belgilandi.
Ilgari amal qilgan tartibga ko‘ra nomzodlarning bo‘yi 170 santimetr (qiz bolalar uchun 165 santimetr)dan kam bo‘lmasligi lozim edi.
Izoh (0)