Tijorat banklari tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur hujjatga jismoniy shaxslar — rezidentlarning (shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarning) hisobvaraqlariga naqd xorijiy valyuta hech qanday cheklovlarsiz o‘tkazilishi mumkinligi haqidagi o‘zgartirishlar kiritilgan.
Shuningdek, jismoniy shaxslar — norezidentlarning hisobvaraqlariga tegishli tasdiqlovchi hujjatlar asosida xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali kelib tushgan, bank hisobvarag‘idan va bank kartasidan yechilgan hamda O‘zbekiston hududida qonuniy asoslarda topilgan xorijiy valyuta o‘tkazilishi mumkinligi belgilangan.