Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugun, 2-iyun kuni Samarqand viloyati karate federatsiyasida O‘zbekiston karate milliy federatsiya rahbariyati, viloyat federatsiyasi mutasaddilari, murabbiylari va sportchilari ishtirokida konferensiya o‘tkazildi, deb yozadi MOQ matbuot xizmati.

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Konferensiyada viloyatdagi 14 ta tumanda umuman karate seksiyalari faoliyat ko‘rsatmasligi, butun boshli Samarqand viloyatida karate sportining nufuzi tushib borayotganligi, viloyat federatsiyasining moddiy texnik bazasi mavjud emasligi, federatsiya tasarrufida hattoki bir dona tatami ham yo‘qligi ma’lum qilindi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi rahbariyati qisqa vaqt ichida islohotlarni amalga oshirish, ish tizimini tubdan yaxshilash maqsadida Samarqand viloyat federatsiyasi rahbarligiga Ravshan Jalilov saylandi. Sohib Sheraliyev esa viloyat federatsiyasiga vitse-prezident bo‘ldi.

Yangi rahbariyatga 1 oy muddat ichida viloyat karate federatsiyasini ushbu achinarli holatdan olib chiqish, yangi ish rejasini taqdim etish, ish tizimini isloh qilish kabi muhim vazifalar yuklatild, deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ramzan Qodirovni tanqid qilgan chechenistonlik bloger o‘ldirib ketildi
Mahalliy
O‘zbekistonda talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi