Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gruziya poytaxti Tbilisi markazida parlament binosi yonida to‘plangan namoyishchilarning ultimatumi muddati tugadi, shu tufayli ular o‘z talablarini keskinlashtirishga qaror qildi, deb yozadi “Novosti-Gruziya”. Endi Xorava ko‘chasida o‘ldirilgan 16 yoshli o‘spirinning otasi Zaza Saralidze tomonidan tashkil qilingan aksiya ishtirokchilari Gruziya hukumati va bosh vaziri Georgiy Kvirikashvilining iste’foga chiqishini talab qilmoqda.

Foto: Twitter / @georgiatwits

Foto: Twitter / @georgiatwits

Namoyishchilar dastlab gumonlanuvchilardan birining otasi hamda ish bo‘yicha tekshiruv boshlangach iste’fo bergan prokuratura xodimi hibsga olinishini talab qilgan edi. Zaza Saralidzening fikricha, aynan o‘sha uning o‘g‘lining o‘limini xaspo‘shlagan va xolisona tekshiruv olib borilishiga to‘sqinlik qilgan.

Shuningdek, aksiya ishtirokchilari ish bo‘yicha dalillarni qalbakilashtirganlarning barchasini jazolashni so‘ragan. Ular shafqatsiz qotillikni amalga oshirganlarning hammasini aniqlab, jazolashni ham talab qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi