Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi departament tomonidan xorijiy davlatlarning vakolatli organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni kengaytirish va yanada rivojlantirish maqsadida xalqaro aloqalar o‘rnatilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Xususan, 22-may kuni Xitoyning Nankin shahrida jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevrosiyo guruhining 28-yalpi majlisi doirasida (YEAG) departament “Moliyaviy monitoring bo‘yicha xalqaro o‘quv-uslubiy markazi” avtonom notijorat tashkiloti (MUMSFM) hamda Moliyaviy monitoring bo‘yicha Federal xizmat Rossiya o‘rtasida jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimi uchun kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida uch tomonlama bitim imzolandi.

Mazkur bitimning imzolanishi o‘zaro strategik hamkorlik va sheriklikni rivojlantirishga hamda jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimlari uchun kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent viloyatida blogerning qo‘li chopib ketilgani haqida tarqalgan xabarlar rad etildi
Dunyo
Rossiyadagi senzura haqida gapirgan sudya iste’foga chiqarildi. U Rossiya SSSRning “vorisi” emasligini ta’kidlagan edi
Mahalliy
Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri O‘zbekistonga keldi (foto)