17-may, payshanba kuni GM Uzbekistan AJning muntazam faoliyat yurituvchi ko‘rgazma zali o‘z ishini boshladi. Bu haqda GM Uzbekistan AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ko‘rgazmada kompaniya ishlab chiqaradigan avtomobillarning barcha modellari uchun import qilinuvchi butlovchi qismlar namoyish etiladi. Shuningdek, ko‘rgazma zalida mutaxassislardan tavsiyalar olish mumkin.
Ko‘rgazma Andijon shahri Savdo-sanoat palatasi binosida tashkil etilgan.
Izoh (0)