Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash bo‘yicha shartnoma olishning muddati 11 ish kunidan 3 ish kuniga qisqartirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi qarori bilan yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Mazkur reglament bilan yuridik va jismony shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash uchun ruxsat berish muddatlari va taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqartirildi, davlat xizmatini ko‘rsatish jarayonida ishtirok etadigan subyektlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni faqat elektron shaklda axoborot almashinuvi orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.
Jumladan, yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash bo‘yicha shartnoma olishning muddati 11 ish kunidan 3 ish kuniga qisqartirildi.
Shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash uchun taqdim etiladigan ikkita hujjatlar bekor qilinib, anketa to‘ldirilishi bilan cheklandi.
Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash bo‘yicha ishlarni iste’molchining hohishiga ko‘ra hududiy gaz ta’minoti korxonasi yoki boshqa gaz ta’minotiga ulash ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar bilan tuzish imkoniyati yaratildi.
Bundan tashqari, murojaat etuvchilar yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash bo‘yicha tuman (shahar) davlat xizmati markazlariga o‘zi kelgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.
Yuqoridagi reglament orqali gazni hisobga olish tizimini plombalash tartibi belgilab berildi.
Izoh (0)