Namanganning turizm salohiyatini rivojlantirish yuzasidan USM Holdings asoschisi Alisher Usmonovga taklif beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Norin tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda tumanlar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi raxbari Ismoil Mamajonov so‘zga chiqib, tumanning Nanay, Zarkent, Poromon va boshqa qishloqlari o‘zining so‘lim tabiati bilan mashhur ekanligi, biroq hozirda bu manzillarda joylashgan dam olish maskanlari, bolalar oromgohlari qarovsiz holga kelganligini ma’lum qildi. Bu hududlarga olib boruvchi yo‘lda post joylashgani muayyan qiyinchiliklar tug‘dirayotganini bildirdi.

— Juda o‘rinli taklif bo‘ldi, buni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu taklifni Alisher Usmonovga ham yetkazamiz. U kishining O‘zbekiston, xususan, Namangan deganda ko‘zi yonib turadi, — dedi davlat rahbari.