Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasining Nijnevartovsk shahridan yo‘lga chiqqan “G‘alaba — barcha uchun bitta” (“Pobeda — odna na vsex”) avtokarvoni ishtirokchilari Samarqand shahrida mehmon bo‘ldi, deb yozadi O‘zA.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Rossiya Federatsiyasining Xanti-Mansiysk avtonom okrugi dumasi qoshidagi Yoshlar parlamenti tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir ishtirokchilari 1946—1958-yillarda ishlab chiqarilgan GAZ-M-20 “Pobeda” avtomobillarida Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlari shahar va qishloqlaridan o‘tib, O‘zbekistonga kirib keldi.

Avtokarvon qatnashchilari dastlab Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasida bo‘lib, Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi. Shundan so‘ng shahardagi Xotira maydonida Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yilib, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan insonlar yod etildi. Rossiyalik mehmonlar ushbu maskanda samarqandlik urush faxriylari, yoshlar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Samarqandlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Ye.Soldatov hamda M.Kolmogorov frontda boshdan kechirgan voqea-hodisalar, urushdan keyingi yillardagi faoliyatlari haqida so‘zlab berdi. Yoshlarni bugungi tinch-osoyishta kunlarning qadriga yetib yashashga, tinchlikni asrab-avaylashga chorladi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Mehmonlar Samarqand shahridagi tarixiy-madaniy obidalar bilan ham yaqindan tanishdi.

Avtokarvon ishtirokchilari 1-may kuni Toshkentdan Rossiya tomon yo‘lga chiqadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylanishda ayblanib, 2 mingdan ortiq erkak hibsga olindi
Dunyo
AQSH harbiylari mamlakat osmonida uchayotgan Xitoy sharini urib tushirdi. Pekin norozilik bildirdi (video)
Dunyo
“Putin menga Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergan” — Isroil sobiq bosh vaziri Bennet Rossiya prezidenti bilan suhbati haqida gapirib berdi