Samarqand shahrida sayyohlarni jalb etish uchun uchirilgan havo sharlaridan biri yerga qulab tushdi. Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan videoda shar odamlar va avtomobillar gavjum bo‘lgan yo‘lga qo‘nganini ko‘rish mumkin.

Voqea oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.