Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

YHXB inspektorlari uchun bajarilishi belgilab qo‘yilgan jarima rejalari yo‘q. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig‘i Barat Mamenov ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

Foto: AP

Foto: AP

Haydovchilar orasida, shuningdek, ijimoiy tarmoqlar va OAVda YHXBda shunday tizim mavjudligi, inspektorlar har kuni ma’lum bir miqdordagi avtomobil egalarini jarimaga tortishi zarurligi haqida turli gap-so‘zlar yuradi. Jumladan, kuniga 15-20 ta bayonnoma to‘ldirilishi shart ekanligi bildiriladi.

“Bunday tizim yo‘q, inspektorlarga qanchadir miqdorda huquqbuzarliklarni aniqlash yuklamasi berilmaydi. Yo‘l-patrul xizmati inspektori o‘z hududida xizmatni o‘taydi va har qanday qoidabuzarlikni aniqlagani zahoti, tabiiyki, bayonnoma rasmiylashtiradi”, — dedi Barat Mamenov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi