Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Apple kompaniyasi shu yilning bahorida iPhone SE’ning ikkinchi avlodini chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru kompaniyaning yangi hisobotiga tayanib. Ammo arzon qurilma dizaynida bir qator keskin o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Smartfon umumiy dizayni jihatidan 2016-yilgi modelga o‘xshash bo‘ladi. Ammo u quloqchinlar uchun 3,5 millimetrli portdan ayriladi, shuningdek, simsiz zaryad olish funksiyasiga ega bo‘ladi.

iPhone 6s va iPhone SE kompaniya audioportlardan “judo qilmagan” so‘nggi ikkita iPhone edi, mish-mishlar rost bo‘lsa, tez orada ikkalasi ham yo‘q bo‘lib ketadi. iPhone SE 2 Apple lineykasidagi avvalgi model o‘rnini egallaydi, iPhone 6s esa kuzda yangi flagmanlar taqdim etilishi bilan birga chiqarilishdan to‘xtaydi.

Shu bilan birga, arzon qurilmaning ikkinchi avlodida Touch ID datchigi avvalgi joyida qoladi, bu esa qurilmada iPhone X uslubidagi ekran bo‘lmasligini bildiradi. Metall orqa panel simsiz quvvat olish imkoniyatini ta’minlash uchun shisha bilan almashtirilishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi