Rio-2016 Olimpiadasi sovrindorlari, Shahram G‘iyosov hamda Murodjon Ahmadaliyevlarning professional ringdagi ikkinchi janglarini o‘tkazdi. Janglarga Bruklindagi Kings Theatre arenasi mezbonlik qildi.

Foto: “Olamsport”

Shahram G‘iyosov professional ringdagi ikkinchi jangini vengriyalik Gabor Gorbisga qarshi o‘tkazdi. Jang olti raund davom etdi. Shahram ochkolar hisobiga raqibini mag‘lub etdi. Shunday qilib G‘iyosov prof ringdagi ikkinchiga g‘alabasiga erishdi.

Murodjon Ahmadaliyev esa ikkinchi jangida amerikalik Jorj Ruizga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Ammo noma’lum sabablarga ko‘ra, Ahmadaliyev Ruizga qarshi emas, balki argentinalik Karlos Gaston Suaresga qarshi ringga chiqdi. Bu bokschi shu vaqtgacha professional ringda 7 jang o‘tkazib, 4 g‘alaba (2ta nokaut) va 3 mag‘lubiyat (1 ta nokaut) qayd etgandi.

Ahmadaliyev jangni muddatidan avval yakunlab, prof boksdagi ikkinchi g‘alabasiga erishdi.

Ma’lumot uchun G‘iyosovning raqibi Gabor Gabor bungacha prof ringda 34 ta jang o‘tkazgan va shularning 24 tasida g‘alaba qozongan (14 tasi nokaut). 10 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragandi (4 tasi nokaut). Shahram esa professional boksdagi debyutini 10-mart kuni nishonlagan va o‘shanda raqibini bir necha soniya ichida nokautga uchratgandi.

Murodjon Ahmadaliyev ham xuddi Shahram kabi 10-mart kuni prof ringda debyut qilgan va birinchi raunddayoq nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.