Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi hamda Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan “Rekruting faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: Google Photos

Foto: Google Photos

Mazkur qonun loyihasi 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va Prezidentning “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan xalqaro standartlar, rekruting faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishning chet el tajribasini inobatga olgan holda, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolarni mamlakat korxonalari hamda chet elda ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish, davlat xizmati va xususiy sektor tomonidan aholi bandligiga ko‘maklashish mexanizmlarini tartibga solish, ishga joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar tartibi va shartlarini, rekruting agentliklari, korxona va ish qidirayotgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini aniqlash imkonini beradi va norasmiy mehnat migratsiyasining oldini olishga xizmat qiladi.

Hozir quyi palataning Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishga kiritish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekiston 2022-yilda kartoshka sotib olishni kamaytirdi. Mahalliy yetishtirish esa oshgan 
Dunyo
Bayden Ukrainaga F-16 qiruvchilari yetkazib berilmasligini aytdi. Oq uy bunga izoh berdi
Kino
Mushuk Leopold obrazini yaratgan rassom Vyacheslav Nazaruk vafot etdi