Navoiy shahridagi ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan “Qizilqumsement” AJ korxonasida 2-aprel kuni soat 09:55 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirildi. Hodisa oqibatida korxonadagi sovutish inshootining ichki qismi yonib, zarar ko‘rdi.
Korxona ishchilari — 1967-yilda tug‘ilgan Sh.Primov va 1960-yilda tug‘ilgan S.Ikromov kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.