Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning dastlabki ikki oyida Qashqadaryo viloyatida oilaviy ajrimlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 taga ko‘payib, 403 tani tashkil qildi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Oilaviy ajrimlar sonidagi o‘sish bo‘yicha “yetakchi”lik Mirishkor tumanida. Shu davr mobaynida hududda 19 ta oila buzilgan, mos davrga nisbatan bu boradagi o‘sish 17 ta.

Chiroqchi tumanida yanvar-fevral oylarida 40 ta oilaviy ajrim qayd etilgan, o‘sishdagi ko‘rsatkich esa 11 tani tashkil etmoqda.

Shuningdek, Kitob tumanida 58 ta (o‘sish 9 ta), Nishon tumanida 16 ta (o‘sish 7 ta), G‘uzor tumanida 16 ta (o‘sish 7 ta) oilaviy ajrimlar hisobga olingan.

Olib borilgan o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ajrimlarning 145 tasiga er-xotin, qaynona va kelin o‘rtasidagi kelishmovchiliklar 89 ta holatda esa, er boshqa ayolga uylangani yoki uzoq muddat xorijga chiqib ketgani sabab bo‘lgan. Befarzandlik 76 holatda oilaviy munosabatlar nihoyalanishiga olib kelgan. 17 kishi esa ichkilikka ruju qo‘ygani bois muqaddas oila qo‘rg‘onini saqlab qololmagan bo‘lsa, qolgan ajrimlarga ham shu kabi maishiy muammolar sabab bo‘lgan.

Ayni paytda viloyatda oilaviy ajrim va nizolarning oldini olish, ular sabablarini o‘rganish, oilalarni yarashtirish bo‘yicha viloyat ishchi guruhi va uning joylarda yarashtiruv muhokamalarini o‘tkazish jadvali asosida ishlar olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Germaniyada aviatsiya xodimlari ish tashlashi tufayli Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozni bekor qildi
Mahalliy
Buxoroda bir qancha oilaviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?