Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston IIVda Human Rights Watch ofisining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Stiv Sverdlov va xalqaro tashkilotning Qozog‘iston bo‘yicha maslahatchisi Viktoriya Kim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

Foto: IIV

Foto: IIV

Mehmonlarni IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Qutbidin Burhonov qabul qildi. U Human Rights Watch vakillarini O‘zbekistonga tashrifi bilan qutlab, mamlakatda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar, yangilanishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Mazkur islohotlar natijasi Ichki ishlar organlari faoliyatida yaqqol ko‘zga tashlanayotganini qayd etdi.

Foto: IIV

Foto: IIV

Stiv Sverdlov samimiy qabul uchun minnatdorchiligini bildirdi. O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanayotgani va bu jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilayotganini ta’kidladi.

 Ishchan muhitda o‘tgan suhbat chog‘ida bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda