Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Sietldagi elchixonasi ishi to‘xtatilganligiga javoban AQShning Peterburgdagi elchixonasini yopadi. Bu haqda “Izvestiya” nashri manbasiga tayanib “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Tashqi ishlar vazirligi aynan shunday taklifni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yuboradi. Prezident ushbu masala bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qiladi.
“Izvestiya” nashri manbasi Moskva Peterburgdagi elchixonani yopishi ehtimoli yuqori ekanligi, chunki uning maqomi Vladivostok yoki Yekaterinburgdagi AQSh elchixonalaridan muhimroq ekanligini bildirgan. U Rossiya, shuningdek, amerikalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish bilan javob qaytarishini ta’kidlagan.
Izoh (0)