Kemerovo viloyati vitse-gubernatori Sergey Sivilyov 27-mart kungi xotira aksiyasida fuqarolar oldida tiz cho‘kdi va “Zimnyaya vishnya” savdo markazidagi yong‘in uchun uzr so‘radi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
“Aytishim mumkinki, bu umumiy fojia. Ushbu fojiada aybdorlarning barchasi jazolanadi. Yana bir marta bu murakkab vaziyatga tushganlardan uzr so‘rayman. Bu odamlar oldida tiz cho‘kaman”, — dedi Kuzbass vitse-gubernatori.
Odamlarning bir qismi Sivilyovning bu harakatini “Shart emas”, “Sharmandalik” degan so‘zlar bilan qarshi olgan bo‘lsa, motam aksiyasining boshqa ishtirokchilari uni olqishlay boshladi.
Izoh (0)