Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi Janubiy Koreyaning Sejon universiteti bilan hamkorlikda magistratura va doktoranturada o‘qish uchun tadqiqot grantlari olishga tanlov e’lon qildi.

Foto: Sejon universiteti

Foto: Sejon universiteti

Tahsil robototexnika, mexatronika, buyumlar interneti, uchish qurilmalari konstruktorligi, molekulyar epidemiologiya, simsiz kommunikatsiyalar, nanoqurilmalar, polimerlar kimyosi va boshqa yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

Grant Sejon universiteti tomonidan taqdim etiladi va o‘qish haqining to‘liq to‘lab berilishi hamda tahsil davomida har oyda 700 dan 1100 dollargacha stipendiya berilishidan iborat.

Nomzodlar bilan suhbat Sejon universiteti professorlari tomonidan Toshkent shahrida 30-mart kuni soat 9:30 dan 16:30 gacha bo‘lib o‘tadi.

Nomzodlar o‘z yo‘nalishidagi malaka va tajribadan tashqari ingliz tilini a’lo darajada bilishi talab etiladi. Koreys tilini bilish shart emas, biroq afzallik sanaladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi