Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Britaniyalik dayver Hind okeanining suvlari odamlar aybi bilan qanday ahvolga kelib qolganini tasvirga olgan videosi orqali ko‘rsatib berdi. Bali suvlarida plastik chiqindilar dengiz jonzotlaridan ham ko‘proqni tashkil etmoqda, deb xabar berdi National Geographic.

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic

Dayver Rich Xorner tomonidan Nusa Panida oroli yaqinida tasvirga olingan video ortga qaytarib bo‘lmas ekologik falokatdan darak beradi. Suv osti baliqlar, meduza va boshqa dengiz jonzotlari o‘rniga chiqindilarga to‘lib toshgan.

Balida plastik chiqindilar muammoasi anchadan buyon mavjud. O‘tgan yilning dekabr oyida Kuta plyajiga mahalliy hukumat chiqindilar uyumi uchun sayyohlardan uzr so‘ragan holda peshlavha o‘rnatib qo‘ygandi. O‘sha vaqtda Kuta hamda uning yaqinidagi plyajlarda kuniga 50 tonnagacha noorganik chiqindilar paydo bo‘lgan. Ularni Yava orolidan mavsumiy shamollar olib kelgan. Balidagi ekologik tashkilotlar esa kuniga 5 tonnadan ortiq chiqindini yig‘ishtirib olishgagina qodir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi