Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Chechenistonda keskin shamol tufayli 150 metr qiyalikdan Mi-8 vertolyoti qulab tushdi. Bu haqda mamlakat rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.

Foto: Rambler

Foto: Rambler

Uning so‘zlariga ko‘ra, Mi-8 chegarachilarga tegishli bo‘lgan va Itum-Kalinsk viloyatidagi Tuxsaroy qishlog‘idagi bazada saqlangan. Undan chegarachilarni soqchilik vazifasini o‘tovchi hududlarga tashish foydalanilgan.

“Vertolyot chegarachilarni tushirish uchun pastlagan. Yerdan ikki metr balandlikda qotib turganida, keskin shamol esib qolgan. 150 metr qiyalikdan qulab tushgunida qadar ikki nafar chegarachi sakrab qolishga ulgurgan, yetti nafari esa vertolyot ichida qolib ketgan”, — deb yozadi Qodirov.

Gruziya chegarasida halokatga uchragan vertolyot ichida bo‘lgan yetti nafar askarning olti nafari halok bo‘lgan, bir nafarining esa ahvoli og‘ir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi