Tarmoqlarda Hindistondagi Tadoba milliy bog‘ida yashovchi yo‘lbars va do‘rdoqi labli ayiq o‘rasida sodir bo‘lgan to‘qnashuvning videosi paydo bo‘ldi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Tabiatshunos Akshay Kumarning NDTV telekanaliga ma’lum qilishicha, janjalni Matkasur laqabli yetti yoshli yo‘lbars boshlagan. U bolasi bilan suv ichgani kelgan urg‘ochi ayiqqa tashlanib qolgan.
Ta’kidlanishicha, yo‘lbars ayiqqa besh daqiqadan ortiqroq vaqt davomida hujum qilgan. Ayiq esa o‘z navbatida bolasini himoya qilish uchun unga javob qaytarishga majbur bo‘lgan.
Yo‘lbars ayiqni tishlab yerga yotqizgan, biroq ona ayiq uning changalidan qochib chiqishga muvaffaq bo‘lgan va u o‘z bolasi bilan sog‘-omon qochib ketgan.