Peru hududida yirik YTH sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Voqea 21-fevral kuni ertalabki soatlarda Panamerikan shossesining Arekipa mintaqasidan o‘tadigan yerida ro‘y berdi. Aytilishicha, haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtobus 200 metrdan jarlikka qulagan.
YTH oqibatida 30 kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, 22 kishi jarohat olgan.
Izoh (0)